Boyovut tumanida 2022-yil uchun yetishtirilgan paxta xomashyosini yig‘ib-terib olish mavsumining ramziy boshlanishi sifatida “Hosil karvoni” tadbiri o‘tkazildi

Sirdaryo viloyati prokurori Sanjar Mavlonov hamda Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova “BOYOVUT TECHNO CLUSTER” MCHJga qarashli paxta tozalash korxonasida yig‘ilgan qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari hamda fermer xo‘jalik rahbarlariga yuzlanib, ularning barchalarini paxtakor dehqonlarning peshona teri bilan bir qancha agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarib, marraga, yaʼni hosilni yig‘ib olishdek masʼuliyatli mavsumga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.
Shuningdek, barchani hosilni nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishga bor imkoniyatni safarbar qilishga chaqirdi.

Shuningdek paxta rejasini bajargan ikki nafar fermer xo’jaligi rahbariga esdalik sovg’asi topshirildi.

Viloyat prokurori hamda tuman sektor rahbarlari paxta dalasida javlon urib mehnat qilayotgan terimchilar bilan uchrashib, ularga esdalik sovg‘alari topshirdi.

Maʼlumot o‘rnida aytish kerakki, joriy yilda tumanda 11 ming gektar yer maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, boyovutlik fermerlar klasterga 42 000 tonna paxta xomashyosini sotishni rejalashtirgan. Yetishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olish bo‘yicha tumanda jami 132 ta terim otryadlari tashkil qilinib, ularga 8756 nafar terimchilar biriktirib berildi.

Tumandagi barcha paxtachilik fermer xo‘jaliklarida paxta yig‘im-terimi jadal surʼatlarda boshlanib ketdi. Boyovutlik fermerlar, mirishkor dexqonlar paxta homashyosi sotish rejasini 100 foizga bajarishni o‘z oldilariga maqsad qilishgan.

Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan